Otamning yölidan ketmoqçi edim – “Baxti Taşkentskiy”ning öğli
21-01-2026, 21:59
771 марта

Otamning yölidan ketmoqçi edim – “Baxti Taşkentskiy”ning öğli
Özbekistondagi jinoyat olamida “Baxti Taşkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning öğli, 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Bekzod Zafarov otasining yölidan ketmoqçi bölganini, biroq bu yöl xatoligini tuşunganini aytdi. Bu haqda u Içki işlar vazirligining “Sönggi puşaymon” loyihasiga bergan intervyusida gapirdi.“Baxti Taşkentskiy deb tanilgan Qudratullayev Baxtiyor Zafaroviçning öğillari bölaman. Men ham şu otamning yönalişlarini uşlayman degan xayolda yurgan edim. Öylaganlarimning hammasi katta xato ekan. Xöjalik işlariga, quriliş işlariga qaraşib turaman. Qolgan payt işlab çiqariş korxonasiga işga çiqaman. U yoqda payvandçilik, temir-tersak bilan iş qilamiz. Bir yil oldingi hayotim bilan hozirgi hayotim ança farqli”, deydi u.