Birinçi galda avtobuslarga gaz töldirilişi taminlanmoqda” — Energetika vazirligi
26-01-2026, 18:55
717 марта

Birinçi galda avtobuslarga gaz töldirilişi taminlanmoqda” — Energetika vazirligi
Qayd etilişiça, avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida (AGTKŞ) birinçi navbatda jamoat transporti, xususan, avtobuslarga tabiiy gaz quyilişi taminlanmoqda.
Xususan, Farğona, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toşkent viloyatlarining şahar içi yönalişlarida faoliyat yuritayotgan avtobuslarning uzluksiz işlaşi uçun gaz bilan taminlaş ustuvor yönaliş etib belgilangan. 25 yanvar kuni AGTKŞlar orqali maxsus texnikalar va jamoat transporti uçun 1,5 million kub metr, 26 yanvar kuni esa 2,5 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berilişi taminlanadi.
Malum qilinişiça, Farğona viloyatida soat 12:00 dan 15:00 gaça bölgan vaqt oraliğida 22 ta, Toşkent viloyatida esa 14:30 dan 17:30 gaça 20 ta metan gaz quyiş şoxobçasi jamoat va kommunal transportga xizmat körsatgan.
Qolgan hududlarda ham şu yönalişdagi işlar davom ettirilmoqda. Uşbu çoralar natijasida quvurlardagi gaz bosimi oşirilib, ayrim hududlarda aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimi meyoriy holatga keltirilmoqda.
Energetika vazirligi va hududiy hokimliklar jamoat transporti harakatini tiklaş böyiça işlar muvofiqlaştirilayotganini bildirgan.