USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 151 mingdan ortiq abonentning elektr uçun tölov qilişi çeklandi

100 марта

Özbekistonda 151 mingdan ortiq abonentning elektr uçun tölov qilişi çeklandi

Özbekistonda çiqindi xizmatidan qarzdor 151 mingdan ortiq abonentning elektr töloviga vaqtinça çeklov örnatildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, joriy yilning 16 yanvar holatiga köra, respublika böyiça çiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplanmagan umumiy 87,5 mlrd söm debitor qarzdorlik uçun jami 873 ming 990 nafar abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS-xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Şundan söng abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etiş uçun 5 kun muddat berilgan va uşbu davrda 7,4 mlrd sömlik tölovlar amalga oşirilgan.

Şuningdek, respublika kesimida jami 151 ming 202 nafar abonentning 14,8 mlrd sömlik maişiy çiqindi xizmatlaridan qarzdorligi mavjud bölgan istemolçilarning elektr energiyasi uçun töloviga çeklov örnatilgan. Mazkur çeklov qarzdorlik bartaraf etilişi bilanoq yeçiladi.

Malumot uçun, “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlarini körsatiş sohasida tölov intizomini mustahkamlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonuni bilan çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlari böyiça tölov intizomi tartibga solingan. Unga köra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar töğrisidagi malumotlar Çiqindilarni boşqariş agentligining “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatilmoqda. Uşbu tartib 2025 yil 30 iyungaça bölgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025 yilning 1 iyulidan çiqindi xizmatlaridan şakllangan qarzdorliklar uçun joriy yilning 5 noyabridan boşlab qöllanilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: