Haj va Umraga boruvçilar uçun yangi qaror qabul qilindi
27-01-2026, 11:51
1 017 марта

Haj va Umraga boruvçilar uçun yangi qaror qabul qilindi
Haj va Umraga boriş uçun endi yagona portal orqali röyxatdan ötiş majburiy etib belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 24 yanvar kuni qabul qilingan 27-sonli “Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” qarorida söz boradi.Qayd etilişiça, mazkur hujjat bilan respublikada “Haj va Umra yagona portali” işga tuşirilgan. Endilikda ziyoratga boriş istagida bölgan fuqarolar uçun uşbu portal orqali röyxatdan ötiş majburiy etib belgilangan.
Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boşlab kuçga kiradi:
- 2026 yil 1 fevraldan boşlab – Haj tadbiriga;
- 2026 yil 1 maydan boşlab – Umra tadbiriga boriş uçun portalda röyxatdan ötiş şart.