“Tergovda son emas, sifat bölişi kerak”. Prezident Toşkent tergov tizimidagi muammolarga töxtaldi
27-01-2026, 17:24
215 марта

“Tergovda son emas, sifat bölişi kerak”. Prezident Toşkent tergov tizimidagi muammolarga töxtaldi
Qayd etilişiça, yiğilişda tergov sifatini tubdan oşiriş va uning şaffofligini taminlaş, huquqiy davlat barpo etiş yölidagi ustuvor vazifalardan biri ekani takidlangan.
Malum qilinişiça, tergov böyiça kadrlar tayyorlaşning yagona tizimi sifatida Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi taşkil etilgan bölib, unda har yili 200 nafardan ortiq tergovçi tayyorlanmoqda.
Şunga qaramay, poytaxt içki işlar organlarida 100 ta tergovçi lavozimi uç oydan buyon vakant bölib qolayotgani aytildi. Bu holat mavjud xodimlar zimmasiga ortiqça yuk tuşişiga va tergov sifati pasayişiga olib kelayotgani takidlandi.
Prezident 2025 yilda sudlarda 422 nafar şaxs oqlanganiga etibor qaratib, bu sudyalar mustaqil qaror qabul qilayotganidan dalolat berişini ijobiy holat sifatida baholadi. Şu bilan birga, uşbu şaxslarning avval noqonuniy ayblangani masalasi oçiq qolayotganini bildirdi.
“Tergovda son emas, sifat bölişi kerak. Şu bois, ilğor xorijiy tajriba asosida tergov idoralarining faoliyatini takomillaştiriş zarur”, dedi davlat rahbari.Yiğilişda manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş maqsadida içki işlar organlaridagi tergovçilar öz xizmat vazifalarini hududiy içki işlar rahbarlaridan mustaqil ravişda olib borişi muhimligi takidlandi.