Özbekiston Braziliyadan harbiy samolyot sotib oladi
3-02-2026, 22:21
272 марта

Özbekiston Braziliyadan harbiy samolyot sotib oladi
Özbekiston Braziliyaning Embraer kompaniyasidan C-390 Millennium harbiy-transport samolyotlarini sotib oladi. Bu haqda bugun, 3 fevral kuni Singapurda bölib ötgan aviaşouda kompaniya tomonidan rasman elon qilindi.Qayd etilişiça, Özbekiston Harbiy-havo kuçlari C-390 samolyotlaridan asosan transport va gumanitar missiyalarda foydalanadi, bu esa ularning imkoniyatlarini sezilarli darajada oşiradi. Şu tariqa Özbekiston Respublikasi harbiy transport aviatsiyasi bozorida tub buriliş yasayotgan uşbu samolyotni ekspluatatsiya qiladigan Markaziy Osiyodagi ilk davlatga aylanadi.
“Transport imkoniyatlarini modernizatsiya qilayotgan Özbekiston Harbiy-havo kuçlarini C-390 operatorlari safiga rasman qabul qilayotganimizdan mamnunmiz. Markaziy Osiyodagi yetakçi harbiy-havo kuçlaridan biri bölgan Özbekistonning uşbu tanlovi biz uçun katta şaraf. Mazkur samolyotning mukammal işlaşini taminlaş uçun ular bilan yaqin hamkorlikda işlaymiz”, deydi Embraer Defense & Security prezidenti va boş direktori Bosko da Kosta Junior.