AQŞda harbiy samolyot halokatga uçradi
24-10-2025, 16:14
90 марта

AQŞda harbiy samolyot halokatga uçradi
Keça, 23 oktyabr kuni AQŞning markaziy qismida, Oklaxoma ştatining Oklaxoma-Siti şahrida AQŞ harbiy-havo kuçlariga tegişli samolyot halokatga uçradi. Bu haqda “Fox 25” telekanali xabar berdi.Oklaxoma Milliy gvardiyasiga köra, AQŞ harbiy havo kuçlarining OA-1K Skyraider II samolyoti Oklaxoma-Sitining janubi-şarqiy qismida qulagan. Samolyot yerga urilişi çoğida ikkita elektr ustuniga tegib ketgan. Oqibatda elektr tarmoqlari uzilgan va yonğin sodir bölgan, biroq u tezda öçirilgan.

Malum qilinişiça, bortda fuqarolik pudratçisi va AQŞ harbiy-havo kuçlari xizmatçisi bölgan. Hozirça halok bölganlar yoki jarohat olganlar haqida malumot berilmagan. Halokat paytida ekipaj azolari öquv parvozi vazifasini bajarayotgan bölgan. Hozirda hodisa sabablari tergov qilinmoqda.