USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Epşteyn fayllarida paydo bölgan özbekistonlik qiz kim?

214 марта

Epşteyn fayllarida paydo bölgan özbekistonlik qiz kim?

AQŞ rasmiylari tomonidan elon qilingan moliyaçi va juda yirik jinsiy jinoyatlar işi markazidagi şaxs Jeffri Epşteyn yozişmalarida proukraina faoli G.O. tilga olinadi. Çop etilgan hujjatlarga köra, u Epşteyn bilan yaqin (intim) munosabatlarda bölgan va undan moddiy yordam olgan. Şuningdek, Epşteyn uni ayrim döstlari bilan taniştirgani, ular ham unga moddiy yordam körsatgani qayd etilgan. 

G.O. Samarqandda tuğilgan, Toşkentda tahsil olgan. U 2014 yilda Kiyevda öşa paytda Rossiya bilan yaqinlaşişni tanlagan hukumatga qarşi boşlangan “Evromaydon” namoyişlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida proukraina faollar guruhi bilan birga miting ötkazgani ortidan tanilgan. Keyinçalik u maşhur naşrlardan biri bilan hamkorlik qilgan. Bundan qariyb 10 yil avval bergan intervyusida u Çilonzor tumanida yaşaşi, Toşkentdagi Vestminster universiteti va Kuala-Lumpurdagi Staffordşir universitetida elektron tijorat yönalişida tahsil olgani, Parijda kinorejissura kursini tamomlagani, quriliş kompaniyasida hududiy menejer va tarjimon, şuningdek, ingliz tilidan repetitor bölib işlaşi haqida aytgan.

Qolaversa, u SSSR haqida ham öz qaraşlari bilan örtoqlaşgan. Qiz intervyuda sobiq ittifoq bilan boğliq heç qanday hissiy aloqa yöqligini bildirgan.
 
“Öziga xos ijtimoiy tuzum bölganini bilaman: hamma juda mehnatkaş, jips, ateist bölgan. Çet el musiqasini tinglaş mumkin emas edi. Va u yerda “jinsiy hayot” yöq edi. Sovet Ittifoqining siyosati ham, iqtisodi ham menga yoqmaydi. Bu yaxşilikka olib kelmas edi, deb öylayman”, degan u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: