USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda koronavirusga qarşi vaktsina olganlar hayoti xavf ostidami?

1 088 марта

Özbekistonda koronavirusga qarşi vaktsina olganlar hayoti xavf ostidami?

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarşi vaktsina olgan insonlar hayoti xavf ostida ekani, xususan, ular saratonga çalinişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov munosabat bildirdi.

Uning sözlariga köra, uşbu xabarlar mutlaqo asossiz. Malumotlarga köra, pandemiya boşlangandan to hozirgaça dunyo böyiça 710 million kişi bu kasallikka çalingan, 7 milliondan köproği hayotdan köz yumgan. Agar vaktsina topilmagan va emlaş tadbirlari uyuşqoqlik bilan ötkazilmaganda, bu raqamlar bir neça barobar yuqori bölişi mumkin edi. Buni vaktsina kaşf etilgunga qadar ötgan bir yil davomida ölim körsatkiçi yuqori bölgani ham yaqqol tasdiqlagan.

“Mutaxassis sifatida şuni aytmoqçimanki, qöllanilgan vaktsinalar genomga salbiy tasir qilmaydi, bu öz isbotini topgan. Töğri, vaktsinani qabul qilgan ayrim odamlarda turli salbiy holatlar, masalan, nafas oliş qiyinlaşuvi, tana harorati oşişi va yurakning tez urişi kabi belgilar kuzatilgan. Ammo bu vaqtinçalik bölib, emlangandan söng 2-3 kun ötgaç, barçasi ortda qolgan”, deyiladi xabarda.
Takidlanişiça, tarmoqlarda tarqalgan materialda onkologik kasalliklar xavfi ham vaktsinaga boğliqligi va emlaşdan keyin tanada paydo bölgan salbiy holat (qabul qilingan vaktsina)dan qutuliş uçun esa karabaş va arslonpanjasi giyohlaridan foydalaniş tavsiya etilgan va bu har bir mutaxassisni taajjubga soladi.
“Bu sohadan umuman yiroq bölgan odamning fikridan boşqa narsa emas. Karabaş şamollaş, nafas yöllari yalliğlanişida, arslonpanjasi esa ayollarda gormonal holatni mötadil uşlab turiş maqsadida qaynatma sifatida işlatib kelingan. Şundan kelib çiqilsa, uşbu ikki giyoh vaktsinadan keyin paydo bölgan immunitetga tasir körsatiş va yöq qiliş xususiyatiga ega emas”, deyiladi xabarda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: