Dunyoda 2024 yilda qizamiqdan qança odam ölgani aytildi
2-12-2025, 10:07
198 марта

Dunyoda 2024 yilda qizamiqdan qança odam ölgani aytildi
2024 yilda qizamiqdan dunyo böyiça taxminan 95 ming kişi, asosan 5 yoşgaça bölgan bolalar vafot etgan. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xabar berdi.
BMT malumotlariga köra, bu sönggi ön yilliklardagi eng past körsatkiçlardan biri bölsa-da, arzon va samarali vaktsina yordamida oldini oliş mumkin bölgan kasallikdan har bir ölim katta fojia. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining (JSST) yangi hisobotiga köra, global emlaş çoralari 2000-2024 yillar oraliğida qizamiqdan ölimni 88 foizga kamaytirgan. Vaktsinalar tufayli qariyb 59 million insonning hayoti saqlab qolingan.
Şunga qaramay, ölim holatlaridagi sezilarli kamayişga qaramasdan, kasallik tarqalişda davom etmoqda. JSST malumotlariga köra, dunyo böyiça qizamiq bilan kasallaniş holatlari keskin oşgan: ötgan yilda qariyb 11 million holat qayd etilgan. Bu pandemiyagaça bölgan 2019 yilga nisbatan 800 mingtaga köp.
2024 yilda dunyo bolalarining 84 foizi birinçi doza, 76 foizi esa ikkinçi doza vaktsinani olgan. Biroq virus tarqalişini töxtatiş uçun kamida 95 foizlik ikki doza qamrovi zarur. 30 milliondan ortiq bola emlanmagan, ularning törtdan uç qismi Afrika va Şarqiy Örtayer dengizi mintaqalarida yaşaydi.
Qizamiq avj olişi 59 mamlakatda qayd etilgan. Bu 2021 yildagidan deyarli uç baravar köp. “Qizamiqdan xoli” maqomiga ega davlatlar soni 96 ta. Ammo rivojlangan mamlakatlarda ham emlaş darajasi 95 foizlik çegaradan pastlaganda kasallik qayta paydo bölişi mumkin. JSST hukumatlarni barça bolalarni ikki doza vaktsinaga töliq qamrab oliş va epidemiologik kuzatuv tizimlarini mustahkamlaş uçun barqaror investitsiyalar kiritişga çaqirmoqda. 2025 yilning töqqiz oyi davomida Qirğizistonda 8,9 ming tasdiqlangan qizamiq holati qayd etilgan, ulardan 10 tasi ölim bilan yakunlangan.