Qirğizistonlik deputat Özbekiston suv uçun pul tölaşi kerakligini aytdi
10-02-2026, 15:23
378 марта

Qirğizistonlik deputat Özbekiston suv uçun pul tölaşi kerakligini aytdi
Keça, 9 fevral kuni Qirğiziston parlamentida Özbekiston va Qozoğiston suğoriş suvi uçun nega pul tölamayotgani masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “Kaktus Media” xabar berdi.Jogorku Keneşning agrar siyosat, suv resurslari, yerosti boyliklaridan foydalaniş, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi yiğilişida deputat Umbetali Qidiraliyev butun dunyo böylab iqlim özgarib borayotganini va suv tanqisligi kuzatilayotganini takidlagan.
Uning aytişiça, Qirğizistondagi suv zaxiralarining qariyb 80 foizi qöşni davlatlar – Özbekiston va Qozoğistonga yönaltiriladi. Şu bilan birga, suv omborlarini saqlaş, tamirlaş va xavfsizligini taminlaş xarajatlari Qirğiziston zimmasida qolmoqda.
“Demak, Qirğiziston uşbu gidroelektr inşootlarini saqlaşdan heç qanday iqtisodiy foyda körmayaptimi? Tamirlaş işlarini olib boriş, suvni saqlaş va töğonlarni tekşiriş kerak. Xarajatlar katta. Hatto, AQŞ ham Kanadaga, Germaniya esa Şvetsiyaga suv uçun pul tölaydi. Xöş, nega Qirğiziston suv uçun pul olmaydi? Bu xalqaro huquq!”, degan Qidiraliyev.Boş vazir örinbosari va qişloq xöjaligi vaziri Baqit Torobayev Özbekiston va Qozoğiston Qambar-Ota GESi qurilişiga qiziqiş bildirayotganini aytgan. Şuningdek, Kampir-Obod suv ombori Özbekiston bilan birgalikda boşqarilişini, boşqa suv omborlar esa Qirğiziston tasarrufida ekanini eslatgan.
Torobayevning takidlaşiça, Prezident Sadir Japarov qöşni davlatlardan suv omborlarini tamirlaş uçun majburiy tölov talab qilmaslik böyiça körsatma bergan. Tamirlaş işlari Qirğiziston tomonidan amalga oşiriladi, qöşnilar esa faqat ixtiyoriy yordam körsatişi mumkin.