Rossiyada terakt uyuştirmoqçi bölgan özbekistonlik 20 yilga qamaldi
11-02-2026, 12:51
287 марта

Rossiyada terakt uyuştirmoqçi bölgan özbekistonlik 20 yilga qamaldi
Rossiyaning Rostov-na-Donu şahridagi Janubiy okrug harbiy sudi Özbekiston fuqarosini Stavropol hukumat binosida terakt tayyorlaşda aybdor deb topib, uni 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Janubiy okrug harbiy sudi Telegram-kanalida xabar berildi.Malum qilinişiça, 2023 yilning yanvar oyida ayblanuvçi IŞID manfaatlari yölida harakat qilişga tayyor ekanini bildirib, video murojaat yozgan.
U IŞID rahbari körsatmasiga binoan Rossiya hududida aholi punktini tanlaş, terakt uyuştiriş uçun möljallangan obektni örganiş, şuningdek, qölbola portlovçi qurilmalarni tayyorlaş va saqlaş uçun ijaraga joy oliş majburiyatini olgan.
2023 yilning 23 sentyabr kuni u Özbekistondan Rossiyaga kelib, Stavropol şahrini tanlaganini malum qilgan hamda bir neçta obektlarni foto va video tasvirga olib, töplangan malumotlarni IŞID vakillariga yuborgan.
Keyinçalik unga terakt sodir etilişi rejalaştirilgan joy sifatida Stavropol ölkasi hukumati binosi körsatilgan.
Şu yilning dekabr oyida u portlovçi qurilma tayyorlaş uçun zarur bölgan qismlarni sotib olib, ularni yaşirin joyga berkitgan. 18 dekabr kuni esa maxsus xizmat xodimlari tomonidan qölga olingan.
Sud jinoyatning oğirligini inobatga olib, unga eng qatiy jazoni tayinlagan. U dastlabki 5 yilni turmada, qolgan qismini esa qattiq tartibli koloniyada ötaydi. Şuningdek, unga 1 million rubl miqdorida jarima tayinlangan.