USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çiqindidan qarzdor 200 mingga yaqin fuqaroning elektrga tölov qilişi çeklandi

277 марта

Çiqindidan qarzdor 200 mingga yaqin fuqaroning elektrga tölov qilişi çeklandi

Özbekistonda çiqindi xizmatidan qarzdor 198 ming 858 ta abonentning elektr töloviga vaqtinça çeklov örnatildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, agentlik joriy yilning 5 fevral holatiga köra, respublika böyiça çiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplanmagan umumiy 108,9 mlrd söm debitor qarzdorlik uçun jami 1 mln 174 ming 686 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Şundan söng abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etiş uçun 5 (beş) kun muddat berilgan va uşbu davrda 12,7 mlrd sömlik tölovlar amalga oşirilgan.

Hozirda respublika kesimida qoplanmay qolgan umumiy 15,8 mlrd söm maişiy çiqindi xizmati qarzdorligi uçun jami 198 ming 858 ta abonentning elektr energiyasi uçun töloviga çeklov örnatilgan.
Qöşimça qilinişiça, mazkur çeklov qarzdorlik bartaraf etilişi bilanoq darhol yeçiladi.


Изоҳ қолдириш

    • Клара 12 Fevral 2026 23:41
      Нимага олинмаган чиқиндига пул тўлашимиз керак,ойлаб чиқинди машина келмайди.Махалла оқсоқоллари бир неча марта юқори ташкилотларга хабар қилишига қарамай чиқиндилар олинмай етибди.Энди биз емаган сомсага пул тўлаймизми ёки электрсиз ўтирамизми,шу адолатданми?
    • Бектемур 13 Fevral 2026 09:20
      “Ҳудудий электр тармоқлари” АЖ билан истемолчилар ўртасида тузилган икки тамонлама шартномада "агар чиқиндидан қарздор бўлсанг электр энергияси тўловига чеклов ўрнатамиз" деган жойи йук.
      Чикинди туловини ундириш учун бошкача тизим жорий килиш керак деб уйлайман.

Мавзуга алоқадор: