USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sudya va ularning oila azolari mol-mulki deklaratsiya qilinişi mumkin

110 марта

Sudya va ularning oila azolari mol-mulki deklaratsiya qilinişi mumkin

Özbekistonda sudya va ularning oila azolari mol-mulkini deklaratsiya qiliş yölga qöyilişi mumkin. Bu haqda bugun, 12 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevga Sudyalar oliy kengaşi raisining axboroti bilan tanişişi çoğida taklif berildi.

Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi töğrisida”gi qonunning 9-moddasida kengaş raisi odil sudlovni amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan omillar va sud tizimida korruptsiyaga qarşi kuraşişning holati töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari böyiça axborot taqdim etişi belgilangan.

Davlat rahbarining 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida korruptsiyaga yöl qöyiş – islohotlarga xiyonat hisoblanişi takidlanib, mamlakatda bu illatga qarşi kuraşiş böyiça joriy yilda “favqulodda holat” elon qilingan edi.

Şu sababli, sudlar davlat hokimiyatining alohida böğini sifatida “korruptsiyadan xoli” tizimga aylanişida namuna bölişi lozim.

Sud mustaqilligini taminlaş, sudyalarni taşqi bosimlardan himoya qiliş uçun Sudyalar oliy kengaşi bevosita masul hisoblanadi. 2025 yilda alohida farmon qabul qilinib, unga yangi vakolatlar berilgan. Sud tizimi uçun yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş maqsadida kengaş huzurida Odil sudlov akademiyasi taşkil etilgan.
Sudyalar oliy kengaşi tomonidan ötgan yilda 135 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga, 286 nafar sudya lavozimga qayta tayinlangan, 241 nafardan iborat tergov sudyalari korpusi şakllantirilgan.
Hisobot davrida 59 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, jumladan, sudyalik qasamyodini buzganligi hamda Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etmaganligi uçun 19 nafar sudya lavozimidan ozod etilgan, 3 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan, 58 nafar sudyaning lavozimlari pasaytirilgan. Sudyalik vakolati muddati tugagan 33 nafar sudya navbatdagi sudyalik lavozimiga noloyiq deb topilgan hamda 266 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Ötgan yilda sud faoliyatiga aralaşganlik holatlari böyiça Boş prokuraturaga 5 ta taqdimnoma kiritilgan. Kengaşning rasmiy veb-saytida sudya daxlsizligi buzilganligi yuzasidan tezkor xabar yuboriş imkoni yaratilgan.

Sudyalar daxlsizligi va mustaqilligini taminlaş doirasida hududiy sudlar raislari tomonidan çiqarilgan 6 mingdan ortiq buyruqlar örganilib, 231 ta buyruqda 314 nafar sudyalarga nisbatan odil sudlov bilan boğliq bölmagan vazifalar yuklatilgani aniqlangan hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan aniq çoralar körilgan.

Şu bois, sudyani öziga xos bölmagan vazifalardan ozod etiş maqsadida sud apparati xodimlari bilan işlaş, moddiy-texnik taminot va barça taşkiliy işlarga masul böladigan “sud mamurçiligi” institutini taşkil etiş böyiça ilğor xorijiy tajriba örganiladi.

Sudyalar mustaqilligi va daxlsizligini taminlaş borasida Sudyalar intizomiy hayatini taşkil etiş orqali sudyaga nisbatan intizomiy jazo qöllaşning xolis tartibini yaratiş taklif qilingan.
Sudya va ularning oila azolari mol-mulkini deklaratsiya qilişni yölga qöyiş, sud apparati xodimlari orasida korruptsiyaning oldini olişga qaratilgan komplayens nazorat tizimini joriy etiş, sud apparati xodimlarini işga olişning oçiq tartibini yaratiş kabi taşabbuslar ilgari surilgan.
Bundan taşqari, mamlakatda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan davlat siyosati doirasida sud tizimida ham gender tenglikni taminlaş masalasi muhokama qilingan. Jumladan, yaqinlaşib kelayotgan 10 mart – Xalqaro ayol sudyalar kunini nişonlaş böyiça rejalar belgilab olingan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: