Dahşat uyi: Durdonaning qotillari yana bir özbekistonlikni öldirgani aniqlandi
13-02-2026, 09:16
705 марта

Dahşat uyi: Durdonaning qotillari yana bir özbekistonlikni öldirgani aniqlandi
Turkiyaning Istanbul şahri Şişli tumanida çiqindi yiğuvçi tomonidan axlat konteyneridan özbekistonlik Durdona Hakimovaning jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur iş doirasida u öldirilgan Umraniyedagi uyda yana bir özbekistonlik ayol – Sayyora Ergaşaliyeva ham bölaklab öldirilgani aniqlandi. Bu haqda “evrensal” xabar berdi.Naşrning yozişiça, 2025 yil 28 dekabr kuni Özbekistondan Turkiyaga borgan 32 yoşli Sayyora Ergaşaliyevadan 23 yanvardan buyon yaqinlari xabar ololmagan. Politsiyaga tuşgan murojaatdan söng olib borilgan tekşiruvlarda Sayyora oxirgi marta Durdona Hakimova bölaklab öldirilgan uyda yaşagani malum bölgan. Kuzatuv kameralarini örgangan tergovçilar 23 yanvar kuni Sayyora uyga kirganini, uning ortidan esa D.A.U.T. (31) va G.A.K. (29) ham şu manzilga kirganini aniqlagan.
Tekşiruv davomida Sayyora Ergaşaliyeva va Durdona Hakimova D.A.U.T. hamda G.A.K. bilan qariyb bir oy davomida bir uyda yaşagani, S.E. va G.A.K. esa özaro munosabatda bölgani aniqlangan.
Politsiya xavfsizlik kameralarini közdan keçirib, 24 yanvar kuni gumonlanuvçilar uydan bir neça bor çiqindi qoplari bilan çiqib ketganini, söng oq rangli çamadon bilan manzilni tark etganini qayd etgan. Ularning tijorat taksisida Fotih tumaniga borgani, çamadondagi jasad bölaklarini axlat konteyneriga taşlagaç, piyoda Yenikapi Marmaray bekatiga yöl olgani aniqlangan.
Tergov jarayonida Durdona Hakimova qotilligi böyiça hibsda bölgan D.A.U.T. va G.A.K. bilan ötkazilgan söroqlarda Sayyora Ergaşaliyeva ham 23 yanvar kuni ayni uyda sovuq qurol bilan öldirilgani, jasadi bölaklanib turli axlat konteynerlariga taşlab yuborilgani malum bölgan. Prokuror körsatmasiga asosan jazoni ijro etiş muassasasidan olib çiqilib, yana qölga olingan ikki gumonlanuvçilarga nisbatan “qasddan odam öldiriş” moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Içki işlar idorasidagi tergov harakatlaridan söng ularning ertaga, 13 fevral kuni sudga olib borilişi kutilmoqda.