USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Işlab çiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingtaga yetkaziş vazifasi qöyildi

282 марта
Işlab çiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingtaga yetkaziş vazifasi qöyildi

Mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantiriş, içki bozorni sifatli va raqobatbardoş mahsulotlar bilan taminlaş hamda eksport salohiyatini oşiriş maqsadida işlab çiqariş hajmini keskin köpaytiriş vazifasi belgilandi.

Joriy yil yakuniga qadar işlab çiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingtaga yetkaziş zarurligi takidlandi.

Kooperatsiya asosida yangi detallar işlab çiqariladi

Yiğilişda qayd etilganidek, 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu asosda qöşimça ravişda 763 ta yangi detalni mahalliylaştiriş va işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Bu esa:
  • import örnini bosiş,
  • tannarxni pasaytiriş,
  • mahalliy sanoat korxonalarining yuklamasini oşiriş,
  • yangi iş örinlari yaratiş imkonini beradi.

Mutaxassislar fikriça, kooperatsiya zanjirini mustahkamlaş avtomobilsozlik tarmoğida barqaror ösişni taminlaydi.

Avtokredit şartlarini yengillaştiriş topşirildi

Içki bozorda talabni rağbatlantiriş maqsadida avtokredit stavkalarini pasaytiriş va kredit hajmini oşiriş çoralarini köriş vazifasi qöyildi.

Bu aholi uçun avtomobil xarid qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi. Şu bilan birga, moliyaviy mexanizmlarni takomillaştiriş orqali bozordagi faollikni oşiriş közda tutilmoqda.

Işlab çiqariş dasturi qayta körib çiqiladi

Avtomobilsozlik sanoati mutasaddilariga joriy yilgi işlab çiqariş dasturini qayta körib çiqib, kamida 10,5 foizlik ösişni taminlaşga moslaştiriş topşirildi.

Takidlanişiça, tarmoqni modernizatsiya qiliş, yangi texnologiyalarni joriy etiş va mahalliylaştiriş darajasini oşiriş orqali belgilangan körsatkiçlarga erişiş mumkin.

Mutaxassislar bu kabi çora-tadbirlar mamlakat avtomobilsozlik sanoatini yangi bosqiçga olib çiqişini takidlamoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: