Mahsulotlar arzon sotilayotgani sababi – nomi çiqmagani
26-05-2025, 13:34
121 марта

Prezident sifatli işlab çiqariş bilan birga, xalqaro sertifikat oliş zarurligini takidladi
Malum qilinişiça, 2025 yilning birinçi tört oyida eksport 20 foizga ösgan. Bu asosan kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, IT, turizm va transport xizmatlari hisobiga töğri keladi. Biroq töqimaçilik sohasida eksport 825 million dollarni taşkil etgani, bu esa ötgan yilga nisbatan 175 million dollarga kam ekani qayd etildi.
Prezidentga köra, mahsulotlar sifatli tayyorlanayotgan bölsa-da, ular xalqaro bozorlarda arzon baholanmoqda. Sababi – ularning tanilmagani va yetarliça reklama qilinmagani. Şu bois xalqaro sertifikatlar mahsulotning qiymatini oşiriş va raqobatbardoşligini taminlaşda asosiy vosita hisoblanadi.
Hozirgi kunda töqimaçilik sohasidagi 1,5 mingdan ziyod yirik va örta korxonalardan bor-yöği 244 tasigina xalqaro sertifikatga ega. Prezident har bir korxonaga amaliy yordam körsatiş, ularni sertifikatlaşga yönaltiriş muhimligini bildirdi.
Şu munosabat bilan qator viloyatlarda sertifikatga ega korxonalar sonini oşiriş vazifasi qöyildi. Jumladan, Qoraqalpoğiston, Qaşqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazmda bunday korxonalar sonini kamida 20 taga yetkaziş, qolgan hududlarda esa har biriga 10 tadan korxonada xalqaro sertifikat olişga kömaklaşiş belgilandi.