“Aksar mamlakatlarda 19 fevral ramazon oyining birinçi kuni” — Özbekiston musulmonlari idorasi
17-02-2026, 22:41
331 марта

“Aksar mamlakatlarda 19 fevral ramazon oyining birinçi kuni” — Özbekiston musulmonlari idorasi
Qayd etilişiça, Özbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti taqdim etgan ilmiy malumotlar ham hilol kuzatilmaganini tasdiqlagan. Şu asosda 18 fevral hijriy 1447 yil şabon oyining 30-kuni, ramazon oyining birinçi kuni esa 19 fevralga töğri kelişi haqida qaror qabul qilingan.
Malumotga köra, qator musulmon mamlakatlari ham 19 fevralni ramazon oyining birinçi kuni sifatida elon qilgan. Ular orasida Misr, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Indoneziya, Bruney, Ummon, Singapur, Avstraliya, Yaponiya, Pokiston, Hindiston, Malayziya va Janubiy Koreya bor.
Şuningdek, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengaşi ham joriy yil 19 fevralni ramazon oyining boşlanişi deb elon qilgan. Idora aksar mamlakatlarda sana bir xil belgilanganini takidladi.