Çernogoriyada pulsiz qolganlar Özbekistonga qaytarildi
18-02-2026, 21:18
120 марта

Çernogoriyada pulsiz qolganlar Özbekistonga qaytarildi
Çernogoriyada mablağsiz qolgan özbekistonliklar ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Qayd etilişiça, ular Çernogoriya hududidan Özbekistonga qaytişda yordam sörab elçixonaning konsullik bölimiga murojaat qilgan.
Murojaatçilarning malumot berişiça, ularning mehnat munosabatlari Çernogoriyadagi iş beruvçi bilan bir tomonlama tugatilgan, oqibatda ular yaşaş uçun mablağsiz qolgan.
Malum qilinişiça, avvalroq ularga işga joylaşiş vadasi bilan işçi vizasi rasmiylaştirilgan. Şundan söng ular Çernogoriyaga yetib borgan va quriliş sohasida iş boşlagan.
Keyinçalik, iş beruvçi boşqa çet ellik xodimlarni ular uçun noqulay şartlarga jalb qilgan. Şundan keyin özbekistonliklar bajarilgan işlarning qoniqarsiz sifati bahonasida işdan çetlatilgan. Şu bilan birga, amaldagi şartnoma majburiyatlariga qaramay, ularga oxirgi oy uçun iş haqi tölanmagan.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, elçixonaning konsullik bölimi tomonidan Mehnat migrantlarini qöllab-quvvatlaş va yordam jamğarmasi mablağlari hisobidan moddiy yordam körsatiş masalasini işlab çiqiş maqsadida Migratsiya agentligi bilan işçi aloqalar örnatilgan.
Belgilangan çora-tadbirlar natijasida ularga aviaçiptalar xarid qilinib, Özbekistonga qaytarilgan.