Narkosavdogarlarning har biri 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi
19-02-2026, 06:59
330 марта
Narkosavdogarlarning har biri 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildiGiyohvandlik vasitalari kontrabandasi va savdosiga qarşi kuraşiş doirasida 2025 yilning avgust oyida DXX Çegara qöşinlari va Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida tezkor tadbir ötkazildi.
Xususan, 2005 va 2006 yillarda tuğilgan 2 nafar mahalliy fuqaro davlat çegarasini buzgan holda, Tojikiston Respublikasidan
20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gaşiş” moddalarini olib kelgan vaqtlarida uşlandi.
Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy şeriklari – Uzun tumanida yaşovçi, 2000 va 2004 yillarda tuğilgan 2 nafar şaxs hamda ajal oğusining buyurtmaçisi hisoblangan, Denov şahrida istiqomat qiluvçi, 2000 y.t. fuqaro ham protsessual tartibda qölga olindi.
Holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borildi.
Jinoyat işlari böyiça Uzun tuman sudining hukmiga asosan, qonunbuzarlar tegişliligi böyiça Jinoyat Kodeksining 223, 246, 273-moddalari bilan aybli deb topilib, ularning har biriga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Jinoyatga jazo muqarrar. Heç bir sabab – bunday jinoyatni sodir etişga majbur bölganlikni oqlamaydi. Zero, uning ortida minglab insonlarning soğligi va taqdiri yotibdi.