Özbekiston un eksporti böyiça Qozoğistondan özib ketdi
20-02-2026, 02:48
244 марта

Özbekiston un eksporti böyiça Qozoğistondan özib ketdi
2025 yilda Özbekiston Qozoğiston donidan işlab çiqarilgan un eksportini keskin oşirdi va dunyoda un eksport qiluvçi mamlakatlar orasida ikkinçi öringa kötarildi. Bu haqda “Qozoğiston donni qayta işlovçilar ittifoqi” tasisçilar kengaşi raisi Yevgeniy Gan malum qildi.Bildirilişiça, don va uni qayta işlaş mahsulotlari eksporti 40,4 foizga oşgan. Qozoğiston esa asta-sekin xomaşyo eksport qiluvçi davlat darajasiga tuşib qolmoqda.
“Hozirning özidayoq aytiş mumkinki, 2025 yilda Özbekiston Qozoğiston donidan işlab çiqarilgan buğdoy uni eksportini keskin oşirdi. Jahon reytingida yetakçi örinlarga (ikkinçi öringa) çiqib, Qozoğistonni ortda qoldirdi. Bu esa bizni taşvişga solmay qöymaydi”, degan u.Özbekiston 2024 yilgi reytingda Turkiya, Germaniya, Qozoğiston va Misrdan söng 321 mln AQŞ dollarilik 1 116 150 tonna un eksportini qayd etib, beşinçi örinni egallagan edi.