Qozoğiston Rossiyadan çöçqa göşti importini oşirdi
1-12-2025, 21:27
115 марта

Qozoğiston Rossiyadan çöçqa göşti importini oşirdi
Qozoğiston 2025 yilda Rossiya çöçqa göştining eng tez ösayotgan importçilaridan biriga aylandi. Bu haqda Rossiya Qişloq xöjaligi eksportini rivojlantiriş federal markazi malum qildi.Qayd etilişiça, Rossiya 2025 yilning dastlabki 10 oyida 324 ming tonnadan ortiq çöçqa göşti eksport qilgan. Bu ötgan yilga nisbatan 26% köp. Yil oxiriga kelib eksport hajmi 400 ming tonnaga yaqinlaşişi, eksport qiymati esa qariyb 1 milliard dollarga yetişi prognoz qilinmoqda.
Rossiya çöçqa göşti mahsulotlari böyiça import bozorlarida eng katta ösiş Xitoyda qayd etildi – 84%. Qozoğiston esa ikkinçi örinni egallab, mintaqadagi eng faol xaridorlardan biriga aylandi. Şuningdek, Belarus 33%, Armaniston 14% va Vetnamda 13% ösiş kuzatilgan.
Markaz boş direktori Yuriy Kovalyov Xitoy bozorida işlaşdagi qiyinçiliklarga qaramay, Xitoy allaqaçon Rossiya çöçqa göştining eng yaxşi uçta xaridoriga aylanganini malum qildi.