Eng göştxör mamlakatlar elon qilindi
18-11-2025, 08:56
1 891 марта

Eng göştxör mamlakatlar elon qilindi
Dunyoda qoramol göştini istemol qiliş böyiça Argentina davlati yetakçilik qilmoqda. Bu haqda “Visual Capitalist” tomonidan tayyorlangan infografikada söz boradi.Malum qilinişiça, mol göşti istemoli böyiça eng yuqori körsatkiçlarga ega beş davlat – Argentina (har bir odamga 46 kg), Zimbabve (44,4 kg), AQŞ (38 kg), Isroil (36,1 kg) va Braziliya (34,6 kg).
Argentinaliklarning yetakçiligi asosan milliy taom hisoblangan asadoga boğliq – bu ölkaning barbekyu madaniyati nafaqat etiqod darajasidagi milliy ramzga, balki kundalik oziq-ovqat mahsulotiga aylantirgan. Zimbabve ham bu borada ajralib turadi: bu mamlakat Afrika qitasida mol göşti istemoli eng yuqori bölgan hududlardan biri hisoblanadi.
Çöçqa göşti eng köp istemol qilinadigan davlatlar qatorida Xorvatiya (57,4 kg) birinçi örinda turibdi. Undan keyin Ispaniya (56,5 kg), Çernogoriya (53,5 kg), Gonkong (52,6 kg) va Polşa (51,6 kg) turadi. Xorvatiya va Ispaniyada çöçqa göşti köplab milliy taomlarning asosiy qismi bölib, quritilgan göşt mahsulotlari va turli hududlarga xos pişiriqlar orqali ananaviy ravişda istemol qilinib kelinadi. Çernogoriya va Gonkongda esa çöçqa göşti kundalik ovqatlaniş tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi.
Tovuq göşti istemoli böyiça yetakçi beşlik – Sent-Vinsent va Grenadinlar (94,1 kg), Tonga (90,6 kg), Marşall orollari (74,8 kg), Samoa (74,8 kg) va Isroil (70,8 kg). Bu guruhdagi törtta davlat orol mamlakatlar bölib, u yerdagi çeklangan yer resurslari tovuqçilikni nisbatan arzon va qulay oziq-ovqat manbai sifatida rivojlantirgan. Tovuq göşti oson yetiştirilişi va arzonligi sababli asosiy protein manbai bölib qolmoqda.
Qöy va eçki göşti (baranina va közilatina) eng köp istemol qilinadigan davlatlar qatorida esa Mongoliya mutlaq yetakçi – jon boşiga 68,5 kg. Undan keyingi örinlarda Bahrayn (23,4 kg), Yangi Kaledoniya (21,9 kg), Turkmaniston (20,3 kg) va Çad (19 kg) joylaşgan. Mongoliyada yuqori körsatkiçlar mamlakatning köçmançi çorvaçilikka asoslangan hayot tarzidan kelib çiqadi. Qattiq iqlim va unumdor yerlarning kamligi sababli, mongollar asosan göştga tayangan ananaviy ovqatlaniş modeliga ega.