Endi çiqindi uçun faqat körsatilgan xizmatga haq tölanadi
21-02-2026, 08:24
1 449 марта

Endi çiqindi uçun faqat körsatilgan xizmatga haq tölanadi
2026 yil 1 yanvardan boşlab çiqindi olib ketiş xizmati uçun yangi tölov tartibi joriy etildi. Endi aholidan faqat amalda körsatilgan xizmat uçungina haq olinadi va barça tölovlar onlayn amalga oşiriladi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.Qayd etilişiça, 2026 yil 1 yanvardan boşlab qattiq maişiy çiqindilarni olib ketiş xizmati uçun haq tölaşning yangi tartibi joriy etilgan. Unga köra, sanitar tozalaş sohasida istemolçilardan faqatgina körsatilgan xizmatlar uçun tölov hisoblanadi va tölovlar onlayn tizimlar orqali amalga oşiriladi.
Onlayn tölov tartibi orqali istalgan joyda va vaqtda amalga oşiriş mumkin böladi, bankka boriş va navbatda turiş şart bölmaydi, hisobni oson tekşiriş va nazorat qiliş, tölov çeklarini onlayn yuklab oliş, xizmat körsatiş jarayonida şaffoflikni taminlab, xizmat uçun noqonuniy tölov undiriş mumkin böladi, undirilgan mablağlarni kirim qilmasdan özlaştiriş holatlarini bartaraf etiş orqali sohada yaşirin iqtisodiyot hamda korruptsion holatlarning oldini olişga xizmat qiladi.
“Endi çiqindi xizmatlari uçun aholi qilgan tölovlar töğridan töğri xizmat körsatuvçi sanitar korxona hisobiga emas, balki davlat nazoratiga, yani Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligining maxsus hisob raqamiga yönaltiriladi. Undan söng operatorga alohida tartib asosida mahallalardan olib çiqib, poligonga joylaştirgan çiqindini tonnasi hamda maxsus texnikaning yurgan kilometri hisobida faqatgina körsatgan xizmati uçungina tölab beriladi”, deyiladi xabarda.
Qolaversa, har oy xizmat körsatuvçi sanitar korxonalar faoliyati baholab borilib, “qizil”, “sariq” va “yaşil” toifalarga ajratiladi. Bu baholaş korxonalarga haq tölaşda inobatga olinib, sifatli xizmat qilmaganlar jarimaga tortiladi va bitim bekor qilinib, biriktirilgan hudud qaytarib olinadi.
“Billing tizimi elektr bilan integratsiya qilinişi barobarida soha raqamlaştirilişi va unga köra korxonalardan sifatli xizmatni talab qilişda alohida nazorat örnatilgani ham ayni muddao böldi”, deyiladi xabar yakunida.Takidlaş joizki, ilgari çiqindiga tölanadigan pullar töğridan töğri xizmat körsatuvçi korxonaning öziga, yani operatorga yönaltirilgan. Köpinça çekka hududlarda operatorlar nazoratçi qöyib, eşikma-eşik naqd pul yiğib, mablağni billing tizimiga, kompyuterga kiritmasdan özlaştirib yuboriş holatlari kuzatilgan. Oqibatda aholida norozilik paydo bölgan.