USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda birinçi marta kriptovalyuta mayningi uçun ruxsat berildi

468 марта

Özbekistonda birinçi marta kriptovalyuta mayningi uçun ruxsat berildi

Manba: Lukas Jekson / Reuters
Özbekistonda birinçi marta kriptovalyuta mayningi faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsatnoma berildi. Bu haqda “Spot” Istiqbolli loyihalar milliy agentligining mayning faoliyati uçun ruxsatnomalar elektron reyestriga tayanib xabar berdi.

Malum qilinişiça, 19 yanvar kuni ILMA direktorining buyruği bilan NexaGrid kompaniyasiga mayning bilan şuğullaniş huquqi berilgan. Faoliyat manzili sifatida Buxoro viloyatining Romitan tumani körsatilgan. Bu ruxsat mamlakatda uşbu yönalişda berilgan ilk hujjat hisoblanadi.

Yuridik şaxs sifatida 2025 yil aprel oyida Toşkent şahrida röyxatdan ötgan NexaGrid’ning ustav fondi 600 million sömni taşkil etadi. Kompaniya “kompyuter uskunalarini boşqariş faoliyati” bilan şuğullanadi. Tasisçilar — Töymurod Sultonov (63%) va Mahmudjon Rözimurodov (37%). Sultonov kompaniya rahbari sifatida ham körsatilgan.

U LinkedIn’dagi sahifasida NexaGrid mayning uçun ruxsatni “qonuniy va şaffof tarzda” olganini takidlab, loyiha qisqa muddatli manfaat emas, balki Markaziy Osiyoda kelajak infratuzilmasini şakllantiriş maqsadida boşlanganini qayd etdi. Uning profiliga köra, u 2017—2024 yillarda davlat xizmatida işlagan, keyinçalik xususiy sektorda faoliyat yuritgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: