USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Maktablardagi eng faol kitobxon öquvçilarga 10 million sömdan mukofot beriladi

239 марта
Maktablardagi eng faol kitobxon öquvçilarga 10 million sömdan mukofot beriladi

Har yili yurtimizda 270 mingga yaqin yangi oila paydo bölmoqda. Yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş davlat siyosatidagi ustuvor yönalişlardan biri bölib qolmoqda.

“Yoş oilalar uçun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va şinam uy-joy zarur. Şuni hisobga olib, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14 foizdan oşgan qismi byudjetdan qoplab beriladi”, — dedi Prezident.

Şuningdek, axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoşlar örtasida kitobxonlikni ommalaştiriş muhim vazifalardan biri ekani takidlandi.

Bu işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş” jamğarmasi taşkil etildi. Jamğarma orqali eng istedodli yozuvçilarga ijodiy buyurtma berilib, bir yil davomida har oy 20 million sömdan haq tölanadi.

Eng sara xorijiy adabiyotlarni özbek tiliga, milliy adabiyotlarni esa xorijiy tillarga tarjima qiliş va naşr etiş xarajatlarining yarmi qoplab beriladi.

Mutasaddilarga yangi öquv yiliga qadar eng yaxşi 100 ta asardan iborat kitoblar töplamini tayyorlab, barça maktab va texnikumlarga yetkaziş topşirildi.

Şuningdek, maktablardagi eng faol kitobxon öquvçilarga 10 million sömdan mukofot berilişi belgilandi.

Kutubxona, “book cafe” va kitob dökonlari oçib, kitob savdosini oyiga 10 ming donandan oşirgan tadbirkorlarga uç yil muddatgaça 1 milliard sömgaça 7 foizli ssuda ajratiş yölga qöyiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: