USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston ulamolari Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yölladi

187 марта

Özbekiston ulamolari Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yölladi

Özbekiston ulamolari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Ramazon oyi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard söm hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard söm mablağ ajratilişi munosabati bilan minnatdorlik bildirib maktub yölladi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi. 

“Muhtaram Prezident! Siz Janobi Oliylarini va Siz orqali butun xalqimizni muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi azolari va taniqli ulamolar nomidan samimiy muborakbod etamiz. Vatan ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yurt obodligi yölida tunu kun qilayotgan fidokorona mehnatlaringizga Yaratganning özi madadkor bölsin, ulkan zafarlar ato etsin!” deyiladi maktubda.
Şuningdek, unda Prezident bugun mamlakatda keçayotgan islohotlar jarayonida diniy-marifiy sohaga, milliy qadriyatlarni tiklaşga qaratayotgan alohida etibori özbekistonliklar qalbida şukronalik tuyğusini mustahkamlayotgani qayd etilgan. 
“Tajriba va kuzatişlarimizdan malumki, dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida Ramazon oyini munosib ötkaziş böyiça davlat rahbari darajasida alohida qaror qabul qilinadi. Sizning taşabbusingiz bilan qabul qilinayotgan bunday hujjatlar mazkur oyni yuksak insoniy fazilatlar, saxovat va mehr-muruvvat ayyomiga aylantirmoqda”, deyiladi maktubda.
Şuningdek, ulamolar Şavkat Mirziyoyevning joriy yilning 16 fevral kuni Ramazon oyida ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qiliş masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişdagi tarixiy qarorlarini alohida etirof etgan.  
“Ramazon oyi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard söm hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard söm mablağ ajratilişi – davlatçiligimiz tarixida misli körilmagan muruvvat namunasi böldi. 
Sizning uşbu tarixiy qaroringiz zamirida buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy rivoyat qilgan: “Amallar niyatlarga qarab etiborlidir”, degan muborak hadisi şarifdagi xolis va sof niyatlarning uluğ hikmati mujassamdir”, deydi ulamolar. 

Bildirilişiça, xalq manfaati yölidagi bu ğamxörlik tufayli minglab oilalarning muşkuli oson bölib, millionlab dillar quvonçga tölişi, qança nogironligi, kasalligi bor kişilarning davolaniş va jarrohlik amaliyoti xarajati qoplab berilişi, şubhasiz, mamlakatga fayzu baraka olib keladi.

“Siz Janobi Oliylari taşabbuskori bölayotgan bunday xayrli amallar xalqaro hamjamiyat va dunyo ulamolari tomonidan ham yuqori baholanmoqda. Muborak hadisi şariflarda keltirilişiça, “Alloh taolo uçun eng maqbul amal – möminning qalbiga quvonç kiritişdir”. Ulamolar Allohning nazarida bölgan insonlar qalbiga farah bağişlaşni Yaratganni rozi qiliş bilan qiyoslaganlar hamda siniq köngillarni kötariş, mahzun dillarga umid beriş va insonlarning oğirini yengil qiliş ilohiy muhabbatga sabab bölişini alohida takidlaganlar”, deyiladi maktubda.

Ulamolar, şuningdek, Özbekistonda 2000 dan ziyod masjidlarda Xatmi Quronlarning tizimli taşkil etilişi, diniy-marifiy sohadagi keng kölamli islohotlar, jumladan, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Islom tsivilizatsiyasi markazining barpo etilişi Prezidentning islom marifatiga qöşayotgan bebaho hissasi ekanini qayd etgan.

“Muhtaram Prezident! Sizdek adolatli, xalqparvar va yuksak etiqodli yurtboşini Allohning Özi yetkazgan. Sizni muborak oy bilan yana bir bor qutlab, sizga mustahkam soğlik, oilaviy baxt va masuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Xonadoningizdan tinçlik-osoyiştalik, fayzu baraka arimasin.


Alloh taolo sizdek vatanparvar, el-yurt dardi bilan yaşaydigan farzandni tarbiya qilgan marhum Miromon Ota va Marifatxon Onalarimizning oxiratlarini obod, qabrlarini nurga töldirsin.
Sizning rahnamoligingizda amalga oşirilayotgan har bir xayrli va savobli amallarning ajru mukofotini ularning pok ruhlariga yetkazsin. Alloh taolo ularni Öz rahmatiga olsin, jannatlarini maskan qilsin, Sizga esa ularning duolari soyasida yanada ulkan xizmatlar qilişni nasib etsin.
Yaratgan uşbu muborak kunlarda jonajon Özbekistonimizni öz panohida asrasin, ezgu niyatlarimiz ijobatini bersin”, deyiladi maktubda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: