USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ramazon oyida ehson pullarini özlaştirgan şaxs qölga olindi

356 марта

Ramazon oyida ehson pullarini özlaştirgan şaxs qölga olindi

Xayriya videolarini montaj qilib, bemor bolalar nomidan yiğilgan mablağlarni özlaştirib kelgan şaxs aniqlandi.

Qayd etilişiça, muborak Ramazon oyida aholining saxovat va ehson qilişga bölgan intilişi ortib borayotgan bir paytda ayrim şaxslar uşbu ezgu tuyğularni suiistemol qilmoqda.

Toşkent viloyati IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan monitoring va fuqarolar murojaatlari asosida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida navbatdagi kiberjinoyat aniqlandi.
Tergovga qadar tekşiruvlar davomida Buxoro viloyatida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan şaxs “Instagram” ijtimoiy tarmoğida bemor bolalar nomidan joylaştirilgan ehson videolarini yuklab olib, ularni qayta işlab, montaj qilgani malum böldi. U asl videolardagi bank karta raqamlarini özgartirib, örniga onasiga tegişli bank kartasi malumotlarini joylaştirgan. Natijada fuqarolar tomonidan yuborilgan xayriya mablağlari uşbu kartaga tuşib kelgan.

Dastlabki suriştiruvlarga köra, gumonlanuvçi 2022 yil oktyabr oyidan to foş etilguniga qadar qariyb 2000 ta tranzaktsiya orqali jami 161 million söm mablağni özlaştirgan va uni şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.

“Instagram sahifasida ötirgan vaqtim, ehson videolari çiqib keldi. Tayyor videoni olib, montaj qilib, onamning kartasini qöydim. Pul tuşgandan keyin, uni öz ehtiyojlarim uçun işlatdim. Qilgan işimdan juda ham afsusdaman”, — deya izoh bergan gumonlanuvçi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: