Telegram’da klon profil orqali odamlarni “uxlatgan” şaxs uşlandi.
24-02-2026, 22:32
392 марта

Telegram’da klon profil orqali odamlarni “uxlatgan” şaxs uşlandi.
Telegram orqali soxta profil oçib, odamlarni çuv tuşirgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, olingan tezkor malumotlar asosida Namangan viloyatida yaşovçi fuqaro Telegram messenjeri orqali öziga maxsus profil oçib faoliyat yuritgan. U fuqarolarning Telegram profillarining ikkinçi – soxta nusxasini yaratib, ularning tanişlari va yaqinlariga xabar yöllaş orqali turli miqdordagi pul mablağlarini sörab kelgan. Kelişilgan mablağlar esa turli bank plastik kartalarga ötkazilgani aniqlangan.
Tezkor qidiruv tadbirlari davomida gumonlanuvçiga tegişli bölgan mobil telefon apparati közdan keçirilganda, Telegram orqali jami 126 nafar fuqaro qora röyxatga kiritilgani aniqlangan. Şuningdek, uning telefonida bir qator tölov ilovalari mavjudligi malum bölgan. Dastlabki malumotlarga köra, uşbu jinoyatlar Navoiy, Toşkent şahri va viloyati Farğona, Qaşqadaryo, Buxoro hamda Surxandaryo viloyatlarida sodir etilgan. Jumladan, Surxandaryo viloyatida ham fuqarolar mazkur jinoiy harakatlar oqibatida turli miqdordagi pul mablağlaridan mahrum bölgan.
“Telegram akkauntimni oçib, gruppalarga kirib, u akkauntdagi bitta insonni Telegram akkauntini klon qilib, özlaştirib, uning nomidan tanişlariga pul sörab yozib, özimning karta raqamimga pul tuşirtirib olganman”, deydi gumonlanuvçi.