«Özbekneftgaz» tarixidagi eng katta hajmda burğilaş işlari amalga oşiriladi
26-02-2026, 16:33
279 марта

«Özbekneftgaz» tarixidagi eng katta hajmda burğilaş işlari amalga oşiriladi
Bu yil «Özbekneftgaz» tarixidagi eng katta hajmda burğilaş işlari amalga oşiriladi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati tomonidan ötkazilgan brifing davomida batafsil malumot berildi.Brifingda malum qilinişiça, joriy yilda 103 ta quduq, şu jumladan, 58 ta izlov-qidiruv quduği, 45 ta işlatiş quduğini burğilaş reja qilingan.
Geologiya qidiruv işlarini jadallaştiriş, yer qarini geologik jihatdan örganiş maqsadida 20 ta investitsiya bloki uçun ruxsatnomalar olindi.
Geologiya-qidiruv asbob-uskuna parkini modernizatsiya qiliş hamda ularga zamonaviy uskunalarni jalb qiliş maqsadida 12 ta burğilaş dastgohi, 2 ta 3D seysmik majmua va 100 dan ortiq karotaj asbobini xarid qiliş yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borildi.
Jamiyatda şuningdek, tovar-moddiy resurslar narxlarini maqbullaştiriş, yuqori foizli kreditlar böyiça stavkalarni pasaytiriş, qöriqlaş tizimini raqamlaştiriş orqali xarajatlarni kamaytiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Debitor qarzdorliklarni undiriş, işlab çiqaruvçilar bilan töğridan-töğri muzokaralar natijasida tovar moddiy resurslar va xizmatlar narxlari pasaytiriş orqali 766 mlrd söm iqtisod qilindi. Bu körsatkiç yil yakuniga qadar 2,5 trln sömga yetişi kutilmoqda.
Şuningdek, sohaga oid bölmagan aktivlarni tasarrufdan çiqariş orqali saqlaş xarajatlari dastlabki ikki oyda 3 mlrd sömga qisqartirildi, yil oxirigaça qöşimça 33 mlrd söm iqtisod qiliş rejalaştirilgan. Quriliş va burğilaş loyihalari qiymatini optimallaştiriş hisobiga esa yil boşidan 154 mlrd söm tejaldi va yil yakunida mazkur körsatkiç 1,7 trln sömga yetişi prognoz qilinmoqda.
Bundan taşqari Markaziy apparatda xodimlar funktsiyalarini qayta taqsimlaş, takrorlanayotgan vazifalarni birlaştiriş orqali xodimlar soni 875 nafardan 610 nafar (29 foiz)ga optimallaştirildi. Qöriqlaş xizmatini raqamlaştirilişi va laboratoriyalarning yangiça tizimda işlaşi natijasida 700 ga yaqin yangi iş örni yaratişi belgilandi.
Jamiyatda inson kapitaliga ustuvor ahamiyat qaratilib, xodimlar manfaati alohida muhim yönaliş sifatida belgilandi. Çunki, tarmoqda barqaror rivojlaniş avvalo, inson kapitaliga boğliq. Yuqorida qayd etgan iqtisodiy samaraning malum bir qismi quyidagi muhim ijtimoiy loyihalarni moliyalaştirişga qaratiladi.
Xususan, xodimlarning oylik maoşlarini oşiriş, issiq ovqat, mavsumiy oyoq kiyim bilan taminlaş, talabga javob bermaydigan eski avtobuslar örniga xavfsiz va qulay bölgan, zamonaviy avtobuslar sotib oliş, 200 örinli yotoqxona, 160 örinli oşxona va konferents zali qurilişi uçun 280 mlrd söm mablağ ajratiladi.
Şuningdek, kon va obektlarda mavjud işçilar şaharçasidagi yotoqxona, xojatxona, yuviniş va oşxonalarning bosqiçma-bosqiç kapital tamirlanişi, gigiyenik anjomlarni yangilaş hamda zarur maişiy jihozlarni xarid qiliş va kiryuviş xonalarini taşkillaştirişga ham mablağlar yönaltiriladi.
Dasturning yana bir asosiy maqsadi — tabiiy gaz va neft mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş. Xususan, joriy yilning ötgan davrida Jamiyat tomonidan
- tozalangan tabiiy gaz 2,276 mlrd m3 (rejaga nisbatan 109,4%),
- gaz kondensati 78,2 ming tonna (rejaga nisbatan 109,1%),
- suyultirilgan gaz 85,7 ming tonna (rejaga nisbatan 108,2%),
- oltingugurt 28 ming tonna (rejaga nisbatan 124%),
- poliyetilen mahsuloti 21 ming tonna (rejaga nisbatan 104,2%) işlab çiqarildi.
Bugungi kunda “Uzbekistan GTL” MÇJ tomonidan sintetik neft mahsulotlarini barqaror işlab çiqariş taminlanmoqda. Belgilangan tizimli çora-tadbirlarni amalga oşiriş natijasida zavodda ötgan yilgi körsatkiçlarga nisbatan 33 ming tonna köp sintetik neft mahsuloti işlab çiqarilib, ösiş surati 318 foizni taşkil etdi.
Qayd etiş joizki, 50 kunlik natijalar tizimda belgilangan qisqa muddatdagi taktik çoralar emas, balki tarmoqni tubdan yangi bosqiçga olib çiqiş, transformatsiya qilişga qaratilgan muhim, strategik ahamiyatga ega islohotlar natijasidir.