Qoraqalpoğistondan katta bosimdagi gaz topildi
12-01-2026, 10:41
721 марта

Qoraqalpoğistondan katta bosimdagi gaz topildi
Qoraqalpoğistonning Möynoq tumanidagi yana bir yangi izlov quduğida katta bosimda tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi. Bu haqda “Özbekneftgaz” xabar berdi.Malum qilinişiça, Ustyurt mintaqasidagi “Möynoq” koni yaqinida joylaşgan Şagirlik-quyi yura 2-sonli izlov quduğida sanoat miqiyosida tabiiy gaz oqimi aniqlangan.
“Bu maydon Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufidagi “Özbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM tomonidan 3D seysmik qidiruv işlari malumotlari asosida çuqur izlov burğilaşga tayyorlangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, mazkur quduq loyiha boşqaruv ofisining malakali mutaxassislari tomonidan burğilangan. Loyiha boşqaruv ofisida davlat rahbarining topşiriğiga köra, xorijdagi zamonaviy kompaniyalarda aynan neft va gaz sohasida işlab, Özbekistonga olib kelingan malakali mutaxassislardan iborat guruh hisoblanadi.
2026 yilning 10 yanvar kuni quduq tubi quyi yura qatlamlarida 5265 metr çuqurlikgaça burğilanib, 5265-5061 metr çuqurlik oraliğida tabiiy gaz uyumlari aniqlangan.