Özbekistonning yaqin qöşnisida kuydirgi aniqlandi
28-02-2026, 11:55
65 марта

Özbekistonning yaqin qöşnisida kuydirgi aniqlandi
Qozoğistonning Çimkent şahrida 75 yoşli şaxsda kuydirgi (Sibir yarasi) kasalligi aniqlandi. Şu munosabat bilan şifokorlar va sanitariya xizmatlari şahar aholisiga murojaat qildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.Naşrning soğliqni saqlaş boşqarmasiga tayanib yozişiça, erkak joriy yilning 17 fevral kuni şifoxonaga yotqizilgan.
“Bemor tekşiruvdan ötmoqda va tasdiqlangan klinik protokolga muvofiq davolanmoqda. Uning ahvoli şifokorlarning doimiy nazorati ostida”, deyiladi idora xabarida.Ijtimoiy tarmoqlarda kasallangan göşt Çimkentga Turkiston viloyatining Sayram tumanidan yetkazib berilgan bölişi mumkinligi haqida malumotlar tarqaldi. Hozirda mutaxassislar uşbu tumandagi çorva söyiş punktlarini tekşirmoqda.
Zararlangan göşt olib kelingani aytilayotgan Çimkentdagi bozor mamuriyati uşbu mahsulot peştaxtalarga tuşgani haqidagi xabarlarni qatiyan rad etgan. Ular sotuvga çiqarişdan oldin hamma narsa sinçiklab tekşirilişiga işontirmoqda.
Şu bilan birga, şifokorlar va sanitariya xizmatlari aholini ehtiyot çoralarini körişga hamda göşt mahsulotlarini faqat veterinariya nazorati yölga qöyilgan rasmiy savdo nuqtalaridan sotib olişga çaqirmoqda.