IIB xodimi maşinada urib yuborgan erkakning jasadi 80 kunda topildi
1-03-2026, 14:15
3 830 марта

IIB xodimi maşinada urib yuborgan erkakning jasadi 80 kunda topildi
Toşkent viloyati Bekobod tuman Içki işlar bölimi Jinoyat qidiruvi bölimi tezkor xodimi avtomaşinada urib yuborgan 43 yoşli erkakning jasadi 80 kundan keyin topildi. Bu haqda marhumning yaqinlari malum qildi.Voqea 2025 yilning 11 dekabr kuni Bekobod tumani “Qoraquyli” mahalla hududidan ötgan “Qorasuv-Böka-Bekobod” avtomobil yölining 64-kilometrida sodir bölgan.
Bekobod şahar IIBning katta tezkor vakili mast holatda oq rangli Nexia-3 rusumli avtomaşinada 43 yoşli piyodani urib yuborib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. Uşbu avtohalokat oqibatida erkak vafot etgan.
Söng IIB xodimi jinoyat izini yaşirişga urinib, xotiniga qönğiroq qilgan va Matiz’da u aytgan joyga yetib kelişini tayinlagan. Söng jasadni özining Nexia’sidan Matiz’ga olib ötgan. Uni voqea joyidan, taxminan, 35-40 km uzoqlikdagi “Döstlik” kanaliga oqizib yuborgan.
2025 yilning 12 dekabr kunidan boşlab erkakning jasadi maxsus bölim xodimlari tomonidan qidirilgan. Qariyb 80 kun ötib uning jasadi suvga taşlangan joydan 4-5 km uzoqlikdan topilgan. Yaqinlari jasadni tasdiqlagan.