USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Umra safari tadbirlari vaqtinça keçiktirildi

418 марта

Umra safari tadbirlari vaqtinça keçiktirildi

Özbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtinça keçiktirilganini malum qildi. 

Yaqin Şarq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyatning keskinlaşuvi hamda havo makonidan foydalaniş böyiça joriy etilgan vaqtinçalik çeklovlar sabab qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda. 

Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi fuqarolarga uşbu hududdagi davlatlarga safar uyuştirmaslikni, ayni paytda öşa yerlarda bölib turgan vatandoşlarga esa ehtiyotkorlik çoralarini kuçaytirişni tavsiya qilgan. 

Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini taminlaş maqsadida Özbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan taşkil etilayotgan umra safarlari vaqtinça keçiktirilgani malum qilindi. 

Jumladan, 2026 yil 2 mart kuni rejalaştirilgan Toşkent–Jidda yönalişidagi navbatdagi umra ziyoratçilari reysi ham malum muddatga qoldirilgan. 
Aviaqatnovlar qayta tiklanişi haqida rasmiy manbalar orqali qöşimça axborot berilişi bildirilgan. 

 Yurtdoşlarimizdan uşbu holatni töğri qabul qilişlari hamda rasmiy malumotlarga tayanib iş yuritişlari söraladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: