Turkiyada yana bir özbekistonlik ayol öldirilgan bölişi mumkin
2-03-2026, 23:18
1 254 марта

Turkiyada yana bir özbekistonlik ayol öldirilgan bölişi mumkin
Özbekistondan Turkiyaning Balikesir şahriga borgan Dilafruz Çöliyeva izsiz ğoyib böldi. U joriy yilning 21 yanvar kuni bozorga ketayotganini aytgan. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.Naşrning yozişiça, Özbekiston fuqarosi, ikki farzandning onasi, 46 yoşli Dilafruz Çöliyeva işlaş uçun Turkiyaga borib, Balikesirning Burhoniya tumani yaşagan. U yerda keksa va bemor kişiga qaragan. Ayol joriy yilning 21 yanvar kuni bozorga çiqiş uçun ruxsat olgan va tösatdan ğoyib bölgan.
Çöliyevadan xabar ololmagan yaqinlari bedarak yöqolganligi haqida ariza bergan va voqea yuzasidan Özbekiston elçixonasi hamda konsulligi xabardor qilingan. 23 yanvar kuni iş beruvçilari ham Dilafruz Çöliyevani qidirib, politsiyaga xabar bergan.
Politsiya guruhlarining tekşiruvlari natijasida 21 yanvar kuni köçaga çiqqan ayolning telefoni öçgani, oxirgi marta yana bir Özbekiston fuqarosi — Ilyos ismli şaxsning yoniga borgani va şundan söng undan boşqa xabar olinmagani aniqlangan. Ilyos öz körsatmasida Dilafruz Çöliyeva uning yoniga kelganini, söngra Istanbulga ketganini aytgan.
Bugun, 2 mart kuni Turkiyadagi örmonlarning biridan tanib bölmas darajadagi ayol jasadi topilgan.
Dilafruz Çöliyevaning yaqinlari kiyimlar va bazi belgilarga tayanib, jasad unga tegişli bölişi mumkinligini aytmoqda. Bu malumot hozirça rasman tasdiqlanmagan. Biroq mazkur holat yuzasidan Özbekiston fuqarolari gumonlanuvçi sifatida qölga olingan.
“Onam 8 oy oldin işlaş uçun Turkiyaga kelgan edi. Hozir u bilan boğlana olmayapman. 21 yanvar kuni soat 20:00 atrofida Edremitdan Burhoniyaga qaytgan. Telefoni öçiq, heç qanday iz yöq. Qidiruvga berdik, elçixonani xabardor qildik”, deydi bir oydan beri onasidan xabar ololmayotgan öğil.