Terroristik taşkilotga qöşilgan ota qamaldi, öğil qidiruvga berildi
3-03-2026, 17:09
487 марта

Terroristik taşkilotga qöşilgan ota qamaldi, öğil qidiruvga berildi
Buxoro viloyatining Buxoro şahrida Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkilotiga aloqasi bölgan ota va öğil aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Buxoro viloyatining Buxoro şahrida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan şaxs yot ğoyalar tasirida 2019 yilda Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkiloti safiga borib qöşilgan. U jangarilar safida faoliyat olib boriş bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli bahonalar bilan boşqalardan pul yiğib, terroristik taşkilotning moliyaviy taminotini yaxşilaşga kömaklaşib kelgan.
Aniqlanişiça, 2021-2025 yillar davomida mazkur şaxs internet orqali özbekistonlik fuqarolar bilan muloqotga kirişib, ularni kriptovalyuta körinişida pul mablağlari yuborişga davat qilgan va katta miqdorda pul yiğişga erişgan.
Uning aldovlariga uçib, pul yuborgan 8 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 155-3-moddasi (terrorizmni moliyalaştiriş) aybi bilan jinoyat işlari qözğatilgan.
Bundan taşqari uşbu şaxs özining qabih işlariga Buxoro şahrida istiqomat qiluvçi, 1965 yilda tuğilgan öz otasini ham jalb qilgan.
Xususan, 2022-2025 yillarda davomida uning otasi Binance xalqaro kripto-birjasi orqali jami 13 597 USDT kriptovalyutasini öğliga yuborgan.
Malum bölişiça, ota muqaddam diniy ekstremizm va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni tarqatiş bilan şuğullanganligi uçun 2019 yilda huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olinib, Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) asosan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinroq esa u Buxoro şahar sudining ajrimi bilan şartli ravişda ozod qilingan.
DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning harakatlariga foş etilib, jinoyat işi qözğatilgan.
Buxoro şahar sudining hukmi bilan 1965 yilda tuğilgan mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 155-3-moddasi (terrorizmni moliyalaştiriş) 2-qismi “a” bandi va 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Uning öğliga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 244-1- (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş), 244-2- (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş), 155-2 (terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida öquvdan ötiş, çiqiş yoki harakatlaniş), 155-3 (terrorizmni moliyalaştiriş) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uçun qidiruv elon qilingan.