Özbekistonda kambağallik çegarasi 715 ming söm böldi
5-03-2026, 18:28
53 марта

Özbekistonda kambağallik çegarasi 715 ming söm böldi
Özbekistonda bir kişining bir oylik minimal istemol xarajatlari 715 ming söm deb elon qilindi va bir kişilik xarajat şundan oşadigan oilalar rasman kambağal deb hisoblanmaydi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni Milliy statistika qömitasi tomonidan elon qilingan “Minimal istemol xarajatlari qiymati töğrisida”gi hisobotda keltirilgan.Unga köra, 2025 yil (yillik) inflyatsiyaning oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar böyiça narx indekslari asosida alohida indeksatsiya qiliş natijasiga köra, 2026 yil uçun hisoblangan minimal istemol xarajatlari qiymati bir oyda kişi boşiga 715 ming sömni taşkil etgan. Bu körsatkiç ötgan yilga (669 ming söm) nisbatan 6,9 foizga yuqori.
Jahon tajribasida minimal istemol xarajatlari körsatkiçidan kambağallik çegarasi sifatida foydalaniş keng tarqalgan bölib, mazkur körsatkiçdan:
- davlatning moddiy va boşqa ijtimoiy kömaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlaş;
- mamlakatning kambağallik çegarasini belgilaşda foydalaniş va bunda target guruhdagi aholining real istemol xususiyatlari va talablarini inobatga oliş;
- kambağallikka qarşi kuraşiş strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va çora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oşiriş, şuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritiş;
- pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilaş, şuningdek, kambağal oilalarga beriladigan boşqa turdagi moddiy kömaklarni körsatişda mezon sifatida foydalaniladi.