10 boş qoramolni öğirlagan jinoiy guruh aniqlandi
7-03-2026, 14:21
477 марта

10 boş qoramolni öğirlagan jinoiy guruh aniqlandi
Samarqand viloyatining Oqdaryo va Pastdarğom tumanlarida jami 10 boş qoramolni öğirlagan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Malum bölişiça, Pastdarğom tumanida yaşovçi 40 yoşli fuqaro özining 49 va 38 yoşli mahalladoşlari bilan jinoiy guruhga birlaşib, Oqdaryo va Pastdarğom tumanlari hududidan jami 10 boş qoramolni öğirlagan.
Öğirlangan mollarni Navoiy viloyatida yaşovçi qarindoşning uyida saqlab, qöşni viloyatlarda yaşovçi fuqarolarga sotib kelganligi böyiça malumotlar aniqlangan.
Tezkor qidiruv tadbirlari davomida uşbu şaxslar qölga olingan. Şuningdek, qoramollarni sotib olgan xaridorlardan ham 7 boş qoramollar daliliy aşyo sifatda rasmiylaştirib olingan.
Bundan taşqari guruhning 49 yoşli azosining yaşaş uyida 170 gramm giyohvandlik moddasi saqlab kelinganligi ham aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarğom tumani Içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 2-qismi hamda 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari boşlangan.