Özbekistonda kambağal oilalarga pillaçilik bilan şuğullaniş uçun 4 mln sömdan subsidiya beriladi
9-03-2026, 14:39
151 марта

Özbekistonda kambağal oilalarga pillaçilik bilan şuğullaniş uçun 4 mln sömdan subsidiya beriladi
Qarorga köra, 2026 yil 1 apreldan boşlab Kambağallikni qisqartiriş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan pillaçilik kooperativlariga azo bölgan kambağal oilalarga subsidiya ajratiladi. Bunda bitta oilaning bir nafar azosiga bir martalik tarzda 4 million sömdan mablağ berilişi közda tutilgan.
Mazkur subsidiya tutzorlar taşkil etiladigan yer maydonlarida pilla kooperativlarini tuziş va aholining pillaçilik faoliyatiga kengroq jalb qilinişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Uşbu mexanizm orqali kambağal oilalar uçun qöşimça daromad manbalarini yaratiş hamda ularning bandligini oşiriş maqsad qilingan.
Hujjatda, şuningdek, pillaçilik sohasini rivojlantiriş uçun qator moliyaviy va taşkiliy çoralar ham belgilangan. Jumladan, tutzorlar maydonini kengaytiriş, pilla yetiştiriş hajmini oşiriş, xom ipakni çuqur qayta işlaşni rivojlantiriş hamda soha korxonalarining eksport salohiyatini kuçaytiriş rejalaştirilgan.
Şavkat Mirziyoyev rahbarligidagi 17 fevral kungi yiğilişda kam daromadli, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni pillaçilikka jalb etiş va ularni qöllab-quvvatlaşga alohida etibor qaratilişi malum qilingandi. Pillaçilikda sanoat usulini kengaytiriş muhim vazifa sifatida belgilangan.