USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Erondagi bulut sabab Markaziy Osiyoda kislotali yomğir yoğadimi?

313 марта

Erondagi bulut sabab Markaziy Osiyoda kislotali yomğir yoğadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida göyoki “kislotali bulutlar” şakllanib, ular yoğinlar bilan Markaziy Osiyo davlatlari hududiga yetib kelişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan Özgidromet munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, uşbu malumotlar ilmiy jihatdan asoslanmagan. Kislotali yoğinlar atmosferada oltingugurt oksidlari (SO₂) va azot oksidlari (NO₂) uzoq vaqt davomida töplanib, bulutlarda suv buği bilan kimyoviy reaktsiyaga kirişişi natijasida hosil böladi. Bunday jarayonlar asosan yirik sanoat hududlari va töğridan-töğri çiqindi manbalari yaqinida kuzatiladi.


Havo massalari uzoq masofalarga köçişi jarayonida ifloslantiruvçi moddalar kontsentratsiyasi atmosferadagi turbulentlik, vertikal aralaşiş, quruq va nam çökiş jarayonlari tasirida keskin kamayadi. Şu sababli manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislotali yoğinlar şakllanişi deyarli mumkin emas.

Bundan taşqari, yoğinlarning hosil bölişi mahalliy bulut hosil böliş jarayonlari bilan boğliq bölib, yoğinlar asosan hudud ustidagi atmosferada mavjud bölgan suv buği va aerozollar hisobiga şakllanadi.
Meteorologik kuzatuvlar va atmosfera havosi sifati monitoringi malumotlariga köra, kislotali bulutlarning Özbekiston va qöşni davlatlar hududiga köçib kelişi xavfi kuzatilmayapti.

“Şu munosabat bilan ommaviy axborot vositalarida tasdiqlanmagan va yolğon malumotlarni tarqatmaslikni hamda faqat rasmiy manbalarga tayanişni söraymiz. Şuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yolğon yoki tasdiqlanmagan malumotlarni tarqatiş uçun amaldagi qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlik çoralari mavjudligini eslatib ötamiz”, deyiladi xabarda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: