Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni özaro tan olişi rad etildi
21-11-2025, 21:52
135 марта

Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni özaro tan olişi rad etildi
Avvalroq, Qirğiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Özbekiston davlatlari tomonidan berilgan talim töğrisidagi diplomlar endilikda uşbu davlatlar hududida töğridan töğri tan olinişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Bilim va malakalarni baholaş agentligi munosabat bildirdi.Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarda berilgan diplomlarni tan oliş Özbekiston Respublikasining “Talim töğrisida”gi qonuni hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda talim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş tartibi haqida”gi nizom talablari asosida amalga oşiriladi. Mazkur nizom bilan Özbekiston Respublikasi hududida töğridan töğri tan olinadigan xorijiy davlatlar tomonidan berilgan talim töğrisidagi hujjatlar toifalari belgilangan.
“Yuqorida keltirilgan malumotlar asossiz bölib, bugungi kunda Özbekiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozoğiston diplomlarini özaro tan oliş böyiça xalqaro şartnoma mavjud emas. Mazkur davlatlarda xorijiy davlatlar tomonidan berilgan talim olganlik haqidagi diplomlarni tan oliş ularning milliy qonunçiligida belgilangan talablar asosida amalga oşiriladi”, deyiladi xabarda.