Özbekistonda ikki oyda 45 ta jinoiy guruh foş etildi
10-03-2026, 15:51
130 марта

Özbekistonda ikki oyda 45 ta jinoiy guruh foş etildi
Özbekistonda 2026 yilning yanvar–fevral oylarida kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş maqsadida ötkazilgan 6025 ta maxsus tezkor tadbir davomida 45 ta jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Uşbu tezkor tadbirlar davomida 116 ta tovlamaçilik, 315 ta noqonuniy qurol bilan boğliq, 86 ta qimorxona taşkil etiş, 40 ta odam savdosi, şuningdek, 790 ta OIV infektsiyasini tarqatiş va fohişaxona saqlaş kabi jinoyat holatlari aniqlangan.
Şuningdek, qidiruvda bölgan 533 nafar şaxs uşlanib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi taminlangan. Yanvar–fevral oylarida jami 3150 ta jinoyat işi qözğatilgan, 2934 nafar şaxs mamuriy javobgarlikka tortilgan, 980 nafariga nisbatan esa qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Tadbir boşidan noqonuniy qurol saqlaş bilan boğliq 315 ta jinoyat işi qözğatilib, natijada 4570 ta sovuq qurol olingan. Ular orasida 50 ta bita, 72 ta kastet, 4004 ta ötkir tiğli jism va 444 ta boşqa turdagi qurollar bor.
Bundan taşqari, daliliy aşyo sifatida 5814 dona öq-dori va 3 kilogramm 715 gramm portlovçi modda musodara qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda kriminogen vaziyatga salbiy tasir körsatuvçi, yoşlar va aholi orasida buzğunçi yot ğoyalar hamda jinoyat olami qaraşlarini tarğib qilgan 47 ta akkaunt bloklangan.