USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 22 ta narkojinoiy guruh foş etildi

295 марта

Özbekistonda 22 ta narkojinoiy guruh foş etildi

Özbekistonda 2026 yilning yanvar-fevral oylarida narkotiklarni ötkaziş va tarqatiş bilan şuğullanuvçi 22 ta uyuşgan narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.  

Qayd etilişiça, 5 nafar guruh yetakçilari va 84 nafar vositaçi azolar qölga olingan. Şuningdek, 8 ta yaşirin narkolaboratoriya foş etilgan. Bu jinoyatçilarning 20 nafari psixotrop dorilarni, 28 nafari ananaviy narkotiklarni tarqatiş bilan şuğullangan.

Ulardan 41 nafari sintetik narkotiklarni tarqatişni internet narkodökonlar orqali amalga oşirgan. Ötgan 2025 yil davomida 14 ta yaşirin narkolaboratoriyalar aniqlangan bölsa, joriy yilning 2 oyi davomida 8 ta narkolaboratoriya aniqlangan.
Narkolaboratoriyalarning 3 tasi psixotrop, moddalarni tayyorlaş bilan şuğullangan yaşirin tsexlar bölgan. Qolgan 5 tasi esa sintetik narkotik moddalarni tayyorlovçi narkolaboratoriyalarni taşkil qilgan. 

Tezkor tadbir natijasida yanvar-fevral oylarida 41 kg ananaviy narkotiklar, 100 kgdan ortiq sintetik narkotiklar, 1 million dozaga teng 200 mingga yaqin psixotrop dori vositalari va 2 tonnaga yaqin prekursorlar noqonuniy muomaladan olib qöyilgan.
Aniqlanişiça, uşbu uyuşgan narkojinoiy guruhlar örtaça 3 oydan 10 yilgaça vaqt oraliğida jinoiy faoliyat bilan şuğullanib kelgan. Bir yilda örtaça 1 million donadan ortiq psixotrop dori vositalarini 1 yil davomida 2-2,5 tonna “gaşiş” va “opiy” kabi narkotik moddalarni ötkazişni amalga oşirgan.
Internet narkodökon tomonidan 1 yilda örtaça 350 kg va 3 yil davomida 4 million dozaga teng bölgan 700-800 kg sintetik narkotik moddalarni “zakladka” usulida tarqatgan. 

Jinoiy guruhlar turli xildagi giyohvandlik vositalarini Toşkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarining jami 40 ta tuman şaharlarida faol tarzda tarqatgan.
Bundan taşqari, Afğonistondan Surxondaryo orqali, Qirğizistondan Namangan va Andijon viloyatlari orqali, Qozoğistondan Toşkent viloyati orqali respublika hududiga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: