Yoşlar umriga zomin bölayotganlar qölga olindi
12-02-2026, 17:44
551 марта
Yoşlar umriga zomin bölayotganlar qölga olindiDavlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda istiqomat qiluvçi, 2003 va 2007 yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan xonadonlardan birini ijaraga olib, narkolaboratoriya taşkil qilganliklari aniqlandi.
Tadbir davomida uşbu manzildan “zakladka” orqali tarqatiş maqsadida tayyorlab qöyilgan 1 kg “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi hamda laboratoriya şaroitida foydalaniladigan anjomlar aşyoviy dalil sifatida olindi.
Şuningdek, ulardan birining telefonida bölgan geolokatsiya orqali, muqaddam Bektemir tumani “Uçqun” MFY hududidan ötuvçi yöl çetidagi ariq içiga yaşirib qöyilgan 1 kg “Mefedron” moddasi ham olindi.
Bundan taşqari, tezkor tadbir davom ettirilib, Yunusobod tumanidagi xufiya joylarga yaşirib qöyilgan narkotiklarni olib ketiş uçun kelgan vaqtlarida 6 nafar “zakladçik” ham uşlandi.
Hozirda mazkur narkosavdogarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


