USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondan Umra aviaqatnovlariga ruxsat berildi

286 марта

Özbekistondan Umra aviaqatnovlariga ruxsat berildi

Bugun, 10 martdan boşlab Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi mamlakat hududidan Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yölovçi taşişni taşkil etişga ruxsat berdi. Bu haqda Özbekistondagi milliy va xorijiy aviakompaniyalarga yuborilgan xatda söz boradi.

Xatda keltirilişiça, bundan oldin yölovçi turi va fuqaroligi böyiça qöyilgan çeklovlar bekor qilinadi. Saudiya Arabistoniga amalga oşirilayotgan parvozlarda Umra mavsumi nihoyasiga yetayotganligi va “Haj-2026” mavsumidan oldin barça Umra ziyoratçilari Saudiya Arabistonining amaldagi qonunçiligiga muvofiq mamlakatdan çiqib ketişi şartligini inobatga olinişi lozim.

Bunda “Uzbekistan Airports” AJ Saudiya Arabistoniga parvoz qilayotgan barça turdagi yölovçilarni ortga qaytiş çiptasi borligini tekşirişni, ortga qaytiş aviaçiptasiga ega bölmagan yölovçilar röyxatini aviakompaniyalar va turoperatorlar kesimida şakllantirib, har kuni iş smenalari tugaşi bilan “Özaviatsiya” agentligidagi ştabga kiritib borilişini taminlaydi.

Parvozlarni taşkil etişda parvozlar xavfsizligi talablari, xalqaro havo taşuvlari böyiça amaldagi qoidalar, şuningdek Saudiya Arabistoni va BAAning vakolatli organlari tomonidan belgilangan talab va tartiblarga qatiy rioya etilişi kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: