Şavkat Mirziyoyev “nomiga” sayyor qabul ötkazib yurgan hokimlarni tanqid qildi
13-03-2026, 14:30
353 марта

Şavkat Mirziyoyev “nomiga” sayyor qabul ötkazib yurgan hokimlarni tanqid qildi
Buxoro, Karmana, Uçquduq, Sardoba, Xovos, Böstonliq tumanlari, Angren, Ğozğon şahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplaşib, sayyor qabul ötkazdim deb yuribdi. Bugun, 13 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev öz raisligida ötayotgan aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini takomillaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişida uşbu tuman va şahar hokimlarini tanqid qildi.
Yiğilişda Özbekiston aholisi 38 milliondan, mehnatga layoqatli aholi 20 milliondan oşgani, sönggi töqqiz yilda aholi daromadi 2 karra köpaygani qayd etilgan.
Xalq oğirini yengil qiliş, kötargan masalalariga yeçim topiş böyiça vazir va hokimlar mahallaga tuşib işlaydigan tizim yaratilgan. Bu yil ham mahallalarda aholi turmuşini yaxşilaşga 56 trillion söm ajratilmoqda.
“Endi vazirlar, hokimlar öziga savol bersin: şunça imkoniyat böla turib, aholi kötargan masalalarga vaqtida yeçim topib beryaptimi? Bundan töqqiz yil oldin Xalq qabulxonalari taşkil qilinganda bitta maqsad qöyilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlaştiriş.
Töğri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali işladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda özgartiradigan vaqt keldi”, deydi Prezident.