Aliment tölovçilarga çetga çiqişga ruxsat berilişi mumkin
13-03-2026, 15:38
319 марта

Aliment tölovçilarga çetga çiqişga ruxsat berilişi mumkin
Özbekistonda aliment tölovçilarga ham çetga çiqib işlaşga ruxsat berilişi mumkin. Bu haqda bugun, 13 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini takomillaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişida malum qilindi.Yiğilişda qayd etilişiça, ötgan yili aliment bilan boğliq 70 ming murojaat kelib tuşgan. Majburiy ijro byurosi aliment böyiça ariza tuşsa, undirib berayotgani, lekin aliment tölovçining rasmiy daromadi bölmagani uçun murojaatlarning 30 foizi hal qilinmasdan qolayotgani körsatib ötilgan.
Bu borada hokimlar aliment tölovçilarning qançasining kasbi bor, lekin işsiz, qançasini öqitiş kerakligini tahlil qilmayotgani, şundan kelib çiqib, bandlik bölimi va “mahalla yettiligi” oldiga aniq masala qöymayotgani tanqid qilingan.
Hududlarda işlarni şu tartibda taşkil qilsa, aliment böyiça murojaatlar 2 karra kamayişi mumkinligi qayd etilgan.
Taşkiliy migratsiya asosida odamlarni öqitib, çet eldagi yuqori daromadli işlarga yuboriş böyiça tizim yaratilgan. Lekin aliment majburiyati bölgan odamlar bu imkoniyatdan foydalana olmayapti, çunki fuqaro çetga çiqişi uçun 5 yillik aliment pulini oldindan tölaşi yoki aliment oluvçidan yozma rozilik olişi kerak.
Mutasaddilarga bu masalani çuqur örganib, tegişli taklif kiritiş topşirilgan.