Yaqin Şarqdan evakuatsiya qilingan özbekistonliklar 32 mingdan oşdi
13-03-2026, 17:53
79 марта

Yaqin Şarqdan evakuatsiya qilingan özbekistonliklar 32 mingdan oşdi
Yaqin Şarqdagi uruş fonida joriy yil 28 fevraldan buyon uşbu mintaqadan qaytarilgan özbekistonliklar soni 32 934 nafarga yetdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi malum qildi.Qayd etilişiça, bugun, 13 mart soat 07:00 holatiga köra, Özbekistonga jami 32 934 nafar fuqaro qaytarilgan.
Keça, 12 mart kuni Özbekistonning Qatardagi elçixonasi tomonidan 49 nafar fuqaro BAA va Saudiya Arabistoniga yetkazilib, Toşkentga uçib ketişi taminlangan. Ayni paytda navbatdagi fuqarolar guruhi şakllantirilib, ularning Doha şahridan Dubay orqali Özbekistonga qaytişi masalalari işlab çiqilgan.
BAAdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan 147 nafar fuqaroning Toşkentga uçib kelişiga kömaklaşilgan.
Özbekistonning Erondagi elçixonasi tomonidan 5 nafar fuqaro qöşni davlatlar hududi orqali çiqib ketişi taminlangan.
Isroildagi diplomatlar tomonidan 4 nafar fuqaroning Misr orqali Özbekistonga qaytişi taşkil etilgan.
Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi elçixonasi, Jidda şahridagi boş konsulxonasi va Transport vazirligi bilan hamkorlikda çarter reyslari orqali 2 735 nafar fuqaroning mamlakatga qaytişi taminlangan. Mazkur mamlakatda evakuatsiya tadbirlari yakunlangan.