Toşkentda uçar taksilar xizmat körsatişni boşlaydi
16-03-2026, 12:48
63 марта

Toşkentda uçar taksilar xizmat körsatişni boşlaydi
Toşkent şahriga 300 ta Svitçblade rusumidagi uçar taksilar olib kelinişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda “Özbekiston 24” telekanalida malum qilindi.Loyihaga köra, uşbu transport vositalari oddiy avtomobil kabi yölda harakatlanadi va zarur paytda qanotlarini oçib havoga kötariladi. Rejaga köra, uçar taksilar 2028 – 2030 yillar oraliğida poytaxtga olib kelinadi. Loyiha Air Toşkent va Samson Sky kompaniyalari örtasida tuzilgan şartnoma asosida amalga oşiriladi.
Mutaxassislarning aytişiça, bunday transport vositalari yirik şaharlarda tirbandlikni kamaytirişga yordam beradi. Şuningdek, hududlar örtasidagi qatnov vaqtini ham ança qisqartirişi mumkin.
Uçar taksilar uç turdagi dvigatel bilan işlab çiqarilişi rejalaştirilgan. Ular benzinli, elektr hamda quyoş paneli yordamida harakatlanadi. Bunday transport vositalari 800 km tezlikka çiqa oladi. Masalan, Toşkentdan uçgan uçar taksi taxminan 3-4 soat içida Urgançga yetib borişi mumkin. Transport vositasining siğimi 3 kişidan 7 kişigaça böladi.
Transport vositasida sovitiş, navigatsiya tizimi va avtopilot funktsiyasi mavjud. Avtopilot tizimi orqali u haydovçisiz ham uçişi mumkin, biroq xavfsizlik sababli boşqaruv pultida operator bölişi kerak.
Mutaxassislarning fikriça, bunday loyiha Markaziy Osiyoda birinçi bölib Toşkentda joriy etilişi mumkin. Bu esa mamlakatda yangi texnologiyalarni rivojlantiriş, servis markazlarini yaratiş va yangi iş örinlarini oçişga xizmat qiladi.