USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jahon banki Özbekistonga 10,6 mln dollar ajratdi

129 марта

Jahon banki Özbekistonga 10,6 mln dollar ajratdi

Jahon banki Özbekistonga gaz sizib çiqişini bartaraf etiş mexanizmini yaratiş uçun $10,6 mln miqdorida grant ajratdi. Bu haqda bankning rasmiy sahifasida malum qilindi.

Grant mablağlari Jahon bankining Global Flaring and Methane Reduction dasturi hisobidan moliyalaştiriladigan Özbekistonda gaz sizib çiqişini bartaraf etiş mexanizmini yaratiş loyihasiga yönaltiriladi. Loyiha “Öztransgaz” AJ boşqaruvidagi gaz uzatiş tarmoqlarida sizib çiqişlarni aniqlaş va bartaraf etiş jarayonlarini joriy etişga yordam beradi.

Loyiha doirasida 2029 yilgaça tamirlaş işlari orqali qariyb 47,5 ming tonna gaz yöqotilişining oldini oliş rejalaştirilgan. Bu esa taxminan $18 million miqdorida mablağni tejaş imkonini beradi. Tejalgan mablağlarning katta qismi uzoq muddatli çora-tadbirlarni amalga oşirişga, jumladan, gaz uzatiş tizimida sizib çiqişni aniqlaş va bartaraf etişga yönaltiriladi.

Loyiha, şuningdek, “Öztransgaz” AJga zamonaviy uskunalar sotib oliş va xodimlarni öqitişga sarmoya kiritiş orqali iş samaradorligini oşirişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, metan emissiyalarini xalqaro standartlar böyiça ölçaş va hisobot beriş tizimi joriy etiladi.

Grant mablağlari “Öztransgaz” AJ gaz yöqotişlarini kamaytiriş böyiça uzoq muddatli çora-tadbirlarni moliyalaştiriş uçun işlatiladi va maxsus jamğarma orqali boşqariladi. Jamğarma tejalgan gazni sotişdan tuşgan mablağlar hisobidan töldiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: